TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatida dastlabki medalni qo‘lga kiritishdi, deb berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo‘nalishida qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda.
Ayollar o‘rtasida individual poyga dasturida bahs olib borgan Yanina Kuskova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
U bronza medali uchun kechgan poygada qozog‘istonlik raqibasidan ustun keldi. Oltin medalni koreyalik sportchi, kumush medalni esa yaponiyalik atlet qo‘lga kiritdi.
Velotrek bo‘yicha Osiyo chempionati
Ayollar, individual poyga: 1.Jumi Li (Koreya Respublikasi), 2. Kie Fukiyama (Yaponiya), 3. Yanina Kuskova (O‘zbekiston).