TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Geologiya fanlari universiteti M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bilan birgalikda yangi o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini e’lon qildi.
Hujjatlarni topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Mazkur OTMlarda geologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng, Moskva davlat universiteti va GFU dan 2 ta diplom oladilar.
O‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi bosqichida abituriyentlar Moskva davlat universitetida matematika (yozma) va rus tili (suhbat) bo‘yicha kirish testlarini topshiradilar. Kirish imtihonlarida maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plagan abituriyentlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.