Parhezshunos-shifokor Olga Korableva kvas ichish tavsiya etilmaydigan tashxislarni sanab o‘tdi.
“Sog‘lik uchun zarar bo‘lmasligi uchun kuniga eng ko‘p 0,5 litrgacha kvas ichish mumkin. Katta hajmda ichimlik suyuqlikni ushlab turishi mumkin, bu esa qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga zararli, shish paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, - deydi shifokor.
Kvasning kislotalilik darajasi yuqori: o‘t pufagida yoki buyrakda toshlar, jigar kasalliklari, gastrit va oshqozon yarasi bo‘lgan kishilarga bu ichimlik tavsiya etilmaydi.
“Kvas qizilo‘ngach pastki qismida shilliq qavatning yallig‘lanishi, jig‘ildon qaynashiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, kvas achish jarayoni natijasi tayyorlanadi, shuning uchun ichak kasalliklari, xususan, yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi tashxisi qo‘yilgan kishilarga tavsiya etilmaydi”, - deydi parhezshunos.
Kvas alkogolli ichimlik emas, lekin unda kichik - 1,2%gacha “gradus” bor. Shu sababli, homilador va emizikli onalar kvas ichmasligi kerak.