YeI a’zoligiga nomzod maqomi tufayli Ukrainani och qoldirishmoqchi

Yevrokomissiya va nihoyat YeI mamlakatlariga Ukrainani potensial nomzod maqomini ko‘rib chiqishga tavsiya qildi.
Sputnik
Ana xolos. Yevrokomissiya va nihoyat YeI mamlakatlariga Ukrainani potensial nomzod maqomini ko‘rib chiqishga tavsiya qildi. 23-24 iyun kunlari Brusselda bo‘lib o‘tadigan sammitda bu masala mohiyatan ko‘rib chiqiladi. Agar 27 mamlakatning birortasi qarshi bo‘lmasa, Ukraina - Yevroittifoq a’zoligiga nomzod deb topiladi. Nima ham derdik, albatta, tabriklaymiz. Ukrainlar bunga uzoq vaqt harakat qilishdi.
Nomzod bo‘lish yo‘lida SSSRning eng boy mamlakati o‘zining barcha ilm-fani va sanoatini yo‘qotdi, barcha turdagi, jumladan harbiy va kosmik sohalarda yuqori texnologiyalaridan ayrildi, deyarli barcha sohadagi malakali mutaxassislar- shifokordan muhandislargacha, universitet professorlaridan tortib raketa yaratuvchilarini qo‘ldan boy berdi.
Aftidan, Rossiya bilan barcha aloqalarni ongli ravishda uzish mamlakat iqtisodiyotini Yevropaga qarab yo‘naltirishga olib kelishi mumkindek tuyuladi. Biroq, yo‘q, onaxon Yevropa raqobatchilarni yoqtirmaydi. YeI bor kuchi bilan Ukrainani butunlay deindustrializatsiyasini qo‘llab-quvvatlab turgan edi. Va bir vaqtning o‘zida qadrli ukrain kadrlarini, yosh go‘zal qizlardan tortib keksa olimlargacha-barchasini changutgichdek yutib yubordi. Ukrainada ishlab chiqarish barbod bo‘ldi, mamlakat qashshoqlikka yaqin qoldi, va aytish mumkinki, qullar bozoriga aylandi.
Bu bilan birgalikda sivilizatsion degradatsiya ham qashshoqlikka yuz tutib bordi. Shahar madaniyati yovvoyi qishloq madaniyati bilan aralashib ketdi. Bugun esa biz buni butun bo‘y-basti bilan ko‘rishimiz mumkin- fashizm, satanizm, Rossiyaga va shaxsan Putinga zarar yetkazish uchun o‘tkazilgan qandaydir ommaviy marosimlar. Bir so‘z bilan aytganda, sharmandalik.
Tabiiyki, bunday sharoitda ukrainlarning asosiy orzusi emigratsiya bo‘lib qoladi. Mana shunday lan’atlagan yerda davlatchilik qurish – yo‘q, qo‘ysangizchi. Aqlli odamlar tezroq bu hududdan qo‘lidan kelgan hamma narsani sizib chiqarishga va uni nurafshon G‘arbga yetkazib berishga harakat qilishdi. Ular buni uddaladi. O‘tgan o‘ttiz yil mobaynida Ukraina millionlab o‘zining eng yaxshi fuqarolarini yo‘qotdi. Kiyev rejimi demografik halokatning miqyosini ko‘rsatmaslik uchun qayta ro‘xatdan olishga qo‘rqadi.
Ammo eng aqlli odamlar qaror qilishdiki, bittagina jomadon bilan emigratsiya qilish- ularga to‘g‘ri kelmaydi. Ular Ukrainani bus-butun viloyatlari, shaharlari bilan olib qochib ketishdi. Chunki oddiy odamlar bunday yashay olmasdi- mash’alar bilan, rus tiliga taqiqlar ila.
Donesk, Lugansk Ukrainadan tabiiy yo‘l bilan chiqib ketishdi. So‘nggi oylarda Xerson, Melitopol Mariupol ularga ergashdi. G‘arbiy viloyatdagi aholining istisnosiz “Polsha karta”lariga ega bo‘lishiga bir bahya qoldi va pan Duda ularni Polshaga olib ketishga umid qilishmoqda. Umuman olganda, Ukrainadan oz narsa qolgan.
Va yana - ukrainlar yuqori professionallikka ega rus shartnomachi askarlari va jangovar tajribaga ega bo‘lgan DXR va LXR bo‘linmalariga qarshi jang qilish uchun ommaviy ravishda safarbar qilingan va frontga olib ketilgan. Xo‘sh, ular u yerda jang qilib berishadimi? Ular sanoat miqyosida halok bo‘lyapti, hato Zelenskiyning o‘zi ham buni allaqachon tan olgan. Bu chindan ham dahshat.
Ya’ni, mamlakat yerlarini, boyliklarini, o‘zining eng yaxshi odamlarini yo‘qotdi- nima sababdan?
O‘ttiz yil avval Yevropadan kelgan aqlli amaki va xolalar Ukrainaning burni oldiga o‘sha orzu qilishgan sabzini osib qo‘yishdi- Yevropa Ittifoqiga a’zolik. Bunda Brusselning manfaatlari tushunarli: Sharqiy Yevropaning eng boy mintaqasini vayron qilamiz, hamma narsani arzonga sotib olamiz, eng iflos ishlarda eng kichik narxga qattiq ishlashga, hatto o‘z xo‘jayinlari uchun o‘lishga tayyor bo‘lgan millionlab savodli oq tanli odamlarga ega chiqamiz. Millionlab itoatkor, mehnatsevar, oddiy qullar- bu axir go‘zallikku, ayni qarigan va bepusht Yevropa uchun eng keraklisi.
Bu baxtsiz hududni boshqargan oligarxlarning manfaatlari ham ko‘rinib turibdi. Ularga Yevropa korporatsiyalaridan keyin qolgan narsalarni talon-taroj qilishga ruxsat berilgan, ularning Shveysariya banklaridagi kapitalining xavfsizligi kafolatlangan. Ammo bir narsani tushunmayman, o‘ttiz yil davomida ukrainlar nimaga erishgan o‘zi?
Ularning bundan hayoti yaxshilanib qolmadi. Ular orasida o‘lim ham kamayib qolmadi. Bularning barchasi uchun shunchaki o‘sha mashhur vizasiz rejimni olishdi – mohiyatan boy mamlakatlar chegarasini tezda kesib o‘tish, va aytish joiz bo‘lsa, soha va xizmatlarda noqonuniy ishlash. Biz bilamizku, ularda xizmatlar qanday ekanligini. Har qanday sohada noqonuniy ishlash – bu faqat fohishalikka taalluqli emas- bu cheksiz xo‘rlik va aldanishlar seriyasidir, bu oddiy ijtimoiy maqomdan voz kechish, o‘zini umidsizlikka mahkum etishdir. Nahotki, bu chindan ham shunga arzisa?
Oxirgi paytda ukrainlar o‘zlarining yevropalik xojalarining manfaatlari yo‘lida halok bo‘lishaptiki, shu sababdan Brussel ularni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. YeIga a’zolik maqomi Ukrainaga nima berishi mumkin? Aslidaku, hech narsa.
Shimoliy Makedoniya bu maqomda o‘n yetti yildan buyon ovora bo‘lib yuribdi, Chernogoriya - o‘n ikki, Serbiya- o‘n yil, Albaniya- sakkiz, Turkiya – Yevropa ortidan kuvish bo‘yicha tan olingan chempion- yigirma uch yil. Ularning hammasi, ta’kidlash lozim, Ukrainaga qaraganda ancha omadliroq va erkinroq.
Nazariy jihatdan nomzod mamlakatga Brusseldan vizasiz rejim va moliyaviy ko‘mak berilishi mumkin. Ammo Ukrainaga vizasiz rejimni allaqachon berishdi. Pullar ham berishdi – milliard yevrolab. Hech bo‘lmaganda bir yevro bo‘lsa ham oddiy ukrainga yetib bordimi? Savol ritorik.
Ukrainani Yevroittifoqqa to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish mumkindek ko‘rinmaydi. Iqtisodiyot tomondan- u yerda hammasi tugagan. Ukrainaning “oltin yarim millionlik” yevropaliklardan naqadar uzoq ekanligini tushunish qiyin emas. Faqat bitta raqamni keltirib o‘tamiz: 3%dan ko‘p budjet tanqisligi bo‘lgan mamlakatni YeI a’zolikka qabul qilmaydi. Ukrainaning budjet tanqisligi esa bu yili 17,8% ni tashkil etdi.
Va bu esa mamlakat hududidagi harbiy harakatlarni hisobga olmaganda. Turkiyaning YeIga qabul qilinmasligiga bahona qilib Shimoliy Kipr ustidagi muzlatilgan mojarolarni ko‘rsatishgan. Ammo u yerda hammasi tinchdek. Xullas, diplomatik faollik vaqti-vaqti bilan avj oladi, tamom. Ukrainadachi? U yerda nima bo‘lyapti?
Va hatto Rossiyaning maxsus operatsiyasi tugagan taqdirda ham, Ukrainadan qolgan hududlarga tinchlik kelishi dargumon. U yerda oddiy insonlar yashab bo‘lmaydigan maxsus “zona”larni qurib bo‘lishgan. Ular u yerdan shunchaki qochib ketishadi. Qolganlar esa yana stvollarni qo‘lga oladi.
Aksariyat Yevropa fuqarolari Ukraina kabi shubhali aktivlarning barcha xavf-xatarlarini yaxshi bilishadi. YeI mamlakatlari aholisi uning YeIga kirishi faqat uzoq kelajakda mumkin bo‘lishini gapirishadi. “Bunga o‘n yillar ketishi mumkin”, - degan edi bu borada Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.
Ya’ni yevropalik elita ukrainaliklarga bu sammitlarning, Yevrokomissiya qarorlarining, Zelenskiyning tantanali stendaplarining shunchaki- xo‘jako‘rsinga ekanligini to‘g‘ridan to‘g‘ri tushuntirishmoqda. Bu tadbirlardan haqiqiy bo‘lgan hech qanday ma’no yo‘q, bundan tashqari, ukrainlarga yana va yana “ularning ruslarga o‘xshamasliklarini”, Yevropaning ular bilan birga ekanliklarini, chet el ularga yordam berishini singdirishdan boshqa ma’nosi yo‘q. Eh, qachondan beri ularning quloqlariga bu lag‘monlarni ilib kelishadi a?!
Bo‘lajak sammit Yevropaning boshqa postsovet mamlakatlarida ham istaklari qizdirishga imkon berdi. Ukrainadan so‘ng darhol nomzodlik uchun ariza bergan Gruziya va Moldova ham qattiq norozilikni ko‘rsatishmoqda.
“Agar ochiq mojaro – maqom olishning qoidalaridan biri bo‘lsa, biz buni xohlamaymiz”, - deb xafa bo‘ladi Gruziya bosh vaziri va uning mamlakati Ukraina va Moldovadan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha oldinda ekanligini eslatib o‘tadi.
“Biz nomzodlik maqomini iloji boricha tezroq olishga xohlar edik”, - deydi Moldaviya prezidenti Mayya Sandu,- ammo biz vaziyatga real ko‘z bilan qaraymiz, va YeI ga a’zo bo‘lish uchun o‘tish kerak bo‘lgan jarayonlar borligini bilamiz”.
Mana bu to‘ppa-to‘g‘ri gap, prezident xonim. Shunday jarayonlar bor va ular depopulyatsiya, qashshoqlik va yovvoyilashuv deb nomlanadi. Moldovada yetarlicha uzoqqa borishganda, mamlakat o‘zining yevropacha imkoniyatiga ega bo‘ladi. Aytgancha, Rossiya televideniyesi ko‘rsatuvlarini taqiqlash bu yo‘lda katta qadam.
2014 yildayoq Ukrainani kuch bilan Yevropaga kirgizishmoqchi bo‘lishganda, Moskva iloji boricha Kiyevni o‘ziga kelishga, aqlini yig‘ib olishga chaqirgan edi. Kreditlar, yordam, shunchaki kutib turish tavsiya qilindi, YeI assotsiatsiyasi bo‘yicha shartnomani diqqat bilan o‘qib chiqish, u yerda kichik hafrlar bilan nimalar yozilganiga qarab chiqish maslahat berildi. Yo‘q, mantiqqa chaqirish befoyda bo‘lib chiqdi. Kiyev elitasi o‘z xalqiga ularning eng zo‘ri, elitar va yevropaliklarga xos ekanliklarini sota oldi. Natija esa ma’lum.
Ukrainaliklar uchun xafa qiladigani shundaki, ular “la’natlangan moskvaliklar” ga nisbatan o‘z mamlakatlari va o‘zlari bilan qilishmoqda, moskvaliklar esa qandaydir tarzda butunlay chetda. Biz bir paytlar shunday go‘zal bo‘lgan yurtga, uning sarosimaga tushgan aholisiga hayrat va achinish bilan qaraymiz. Nima uchun ular bunday qilishapti?
Yevropa bilan hamkorlik, aziz va qadrli ukrainlar, sizlar uchun ahmoqona va befoyda ish bo‘lib chiqdi. Yevropacha orzuingiz uchun siz vayron bo‘lgan ijtimoiy hayot, sog‘liqni saqlash tizimi, deindustrializatsiya va osmon qadar baland narxlar bilan tovon to‘layapsiz. Endi esa o‘z hayotingiz bilan to‘lang. Va bularning hammasi Zelenskiyning ayoli Londonda shoping qilib yurishi va yaltiroq muqovali jurnallarda ko‘z-ko‘z qilinishi uchun. U go‘zal, to‘g‘ri.
YeIga a’zolik maqomi bilan, aziz ukrainlar sizlarni yana, (yumshoqroq aytganda) aldashmoqda. Balki shu paytgacha o‘z oyog‘ingizga bolta urganingiz yetar?