TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Belarusga keldi. Bu haqda Sputnik Belarus mamlakat hukumati matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.
Minsk aeroportida uni belaruslik hamkasbi Roman Golovchenko kutib oldi.
20-21 iyun kunlari Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda YeOII davlatlari va kuzatuvchi-davlatlarning hukumat rahbarlari, jumladan O‘zbekiston bosh vaziri, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi ishtirok etishi kutilmoqda.