TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. 2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.
Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin.
Xizmat Toshkent, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.
Qabul jarayoni jami 25 ta shahar va tumandagi 816 ta umumta’lim maktablarida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyundan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha arizalar yuboriladi.
Umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari esa 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.