U-23 Osiyo Kubogi finali: O‘zbekiston Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari finaldi o‘zaro bahs yuritdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi finali doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 19-iyun o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Ikkinchi bo‘lim debutida Hamid al-G‘amdi saudiyaliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Feras al-Baykanning zarbasi golga aylandi.
70-daqiqada Ruslan Jiyanov hisobni tenglashtirdi, ammo gol inobatga olinmadi – ofsayd.
Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi O‘zbekistonda o‘tgan Osiyo Kubogi g‘olibiga aylandi.
O‘zbekiston olimpiya jamoasi esa musobaqani 2-o‘rinda yakunladi. 3-o‘rin Yaponiyaga nasib etdi.