TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Yubiley Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PXIF) 5,6 trillion rubllik shartnomalar imzolandi.
Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi, forum tashkiliy qo‘mitasi ijrochi kotibi Anton Kobakov ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Biz forumda imzolangan bitimlar hajmi 6 trillion rublga yaqinlashmoqda. Bugungi kunga qadar 5 trillion 639 milliard dollarlik 691 ta bitim imzolandi. Lekin, albatta, biz faqat tijorat siri bo‘lmagan raqamlarni e’lon qilamiz", — dedi Kobakov yakuniy matbuot anjumanida.