TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov kunlar tobora isib borayotgani sabab mashinalar oynasini qoraytirishni bepul qilib qo‘yish taklifi bilan chiqdi.
Bu haqda u o‘zining Telegram’dagi kanalida post yozdi.
“So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda yoz juda issiq, gohida haddan ziyod yoqimsiz issiq bo‘lyapti. Bulutli issiq kunlarda esa bosh og‘rig‘iga chidab bo‘lmaydi. Qurg‘oqchilik kuchayib, bundan bo‘yog‘iga yanada issiq bo‘lsa kerak. Shu paytda agar mashina tonirovkasi bepul qilinsa bundan hamma haydovchilar, yo‘lovchilar minnatdor bo‘lar edi. Bu ham aslida inson qadrining bir ko‘rinishi, odamlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik namunasiga aylanar edi deyeyeyebbbbbb o‘ylaaaaabbb o‘tiruvdim tirband yo‘lda, orqamdan bir mashina signal chalib cho‘chitib yubordi”, - deyilgan postda.