“Aydar”* ukrain millatchi bataloni qo‘mondonlardan biri Severodonesk yaqinidagi Metelkino qishlog‘iozod etilishi jarayonida qo‘lga olindi, deb xabar berdi RIA Novostiga huquq-tartibot idoralaridagi manba.
"Metelkinoni “zachistka” vaqtida bir qancha ukrainalik jangarilar taslim bo‘ldi, jumladan, Aydar* bataloni komandirlaridan biri. Hozir uning qanchalik yuqori martabali ekani aniqlanmoqda", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Bundan tashqari, qo‘shni Severodonesk Rubejnoe shahridan asirga tushgan ikki nafar ukrainalik harbiy Luganskga yuborildi.
Severodonesk atrofidagi vaziyatga kelsak, hozir “Metelkinoga tutash Sirotino qishlog‘i uchun janglar ketmoqda”, dedi manba. Uning so‘zlariga ko‘ra, shanba kuni bu qishloqdagi jangarilar pozitsiyalariga Rossiya raketalari "kelib keldi” va bu LXR kuchlariga hujumni rivojlantirishga imkon berdi.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Axmat” maxsus bo‘linmalari LXR xalq militsiyasining ikkinchi korpusi bilan birgalikda Metelkino qishlog‘ini ozod qilganini ma’lum qilgandi. Uning aniqlik kiritishicha, qishloq uchun olib borilgan janglarda Ukraina tomoni o‘tgan haftada o‘zining 600 dan 700 tagacha jangchisini yo‘qotgan.
Severodoneskni ozod qilish paytida Rossiya armiyasi va LXRning ittifoqchi qo‘shinlari “Azot” zavodi hududida ukrain millatchi batalonlari jangarilarini qamalga oldi. May oyining boshidan beri shahar uchun janglar davom etmoqda.
* ekstremistik tashkilot sifatida tan olingan va Rossiya hududida taqiqlangan