Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xerson qamoqxonasi boshlig‘iga suiqasd uyushtirildi - video

Terrorchilar qamoqxona boshlig‘ining avtomobiliga portlovchi moslama yordamida hujum uyushtirishdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. Ukrainalik terrorchilar Xerson qamoqxonasi rahbari Yevgeniy Sobolevga suiqasd uyushtirishdi Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Xerson 90-sonli axloq tuzatish koloniyasi boshlig‘ining mashinasi portlatilgan. Hozir Sobolev jarohatlar bilan kasalxonada. Uning hayoti xavf ostida emasligi aytilmoqda. Boshqa qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Terrorchilar o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Sobolevning yo‘q qilingani haqida axborot tarqatishga ham ulgurishgan.
Ma’lumot uchun, "Azovstal" va boshqa jang bo‘layotgan hududlarda taslim bo‘lgan va qo‘lga olingan millatchilar va Ukraina harbiylari Donesk Xalq Respublikasi hududida joylashgan qamoqxonalarda saqlanmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.