Shavkat Mirziyoyev bolalar onkologiya markaziga tashrif buyurdi

Davlat rahbari markazda davolanayotgan bolalar va ularning otag‘onalari bilan suhbatlashdi, hamda u yerda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Markazda prezident davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, davlat rahbari markazda ijod bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bolalarning mashg‘ulotlarini kuzatdi.
Tashrif davomida, mazkur markazda onalik va bolalikni himoya qilish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham o‘tkazildi.
Yig‘ilishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
bugun O‘zbekistonda faqat 16 ta shifoxonada asoratli homiladorlikka ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatilmoqda. Shu bois 46 ta tuman va shahardagi tug‘ruq majmualarida zarur sharoitlar yaratib, tumanlararo perinatal markaziga aylantirilishi qayd etildi;
poliklinikalarda tashkil etilgan 17 mingta tibbiy brigada uchun malakali doyalar tayyorlab, faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi;
kelgusi yildan barcha tug‘ruqxonalarda chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini tekshirish boshlandi. Buning uchun mutaxassislar o‘qitiladi, kerakli uskunalar xarid qilinadi;
Shavkat Mirziyoyev Reproduktiv salomatlik markazi, Skrining markazi, Akusherlik va ginekologiya markazilarini birlashtirib yangi markaz tashkil etiladi. U yerda innovatsion texnologiyalar asosida reproduktiv salomatlikning tibbiy-biologik muammolarini hal etish, tug‘ma nogironlikning oldini olish bo‘yicha genetik tadqiqotlar o‘tkaziladi, bexatar onalikni ta’minlash amalga oshiriladi;
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tug‘ruq kompleksi va perinatal markazlar, ayollar maslahatxonalari tomonidan yiliga 850 ming nafar homiladorlarga malakali tibbiy xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Barcha markaziy poliklinikalarda “Onko-nazorat” xonalari tashkil etilib, 35 yoshdan oshgan ayollar har yili skrining tekshiruvidan o‘tkazilmoqda. Bu ayollarda saraton kasalliklarini erta aniqlash imkoniyatini 10 barobarga oshirdi. Bu ishlar natijasida so‘nggi olti yilda onalar o‘limi intensiv ko‘rsatkichi 21 dan 15 ga, go‘daklar o‘limi 11 dan 8 ga kamaygan.