Toshkent va Minsk o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni ortadi

O‘zbekiston va Belarus poytaxtlari o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni ortadi
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov kecha Belarus Transport va kommunikatsiya vaziri Aleksey Avramenko onlayn shaklda muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Belarus poytaxtlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan fikr almashildilar.
Uchrashuv yakunida transport sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan birgalikdagi sa’y-harakatlarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.