“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yo‘q. G‘arbga uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, Ukrainani NATOga jalb qilayotgani, neonatsistlar tuzumini asrab-avaylashi, homiyligi va tarbiyasi haqida tushuntirishga imkonimiz qolmagani uchun maxsus harbiy operatsiya e’lon qildik. Vladimir Zelenskiyning 2021-yilning sentabrida “Agar kimdir Ukrainada o‘zini rus odamidek his qilsa, Rossiyaga ketsin” degandi”, - deydi Lavrov.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.