O‘zbek haydovchilari ilk marotaba Afg‘oniston orqali Pokistonga yuk tashuvlarini amalga oshirdi

O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekistonlik haydovchilar ilk marotaba “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashuvlarini amalga oshirdi.
Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.
“Toshkent – Termiz – Mozori-Sharif – Qobul – Peshavor – Karachi” yo‘nalishi bo‘ylab 2760 km yo‘lni bosib o‘tgan o‘zbekistonlik haydovchilar Karachi portidan ortilgan yukni (muzlatilgan go‘sht) bir haftada Toshkent shahriga yetkazib keldi.