TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan dushanba, 20-iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,45 so‘mga pasayib, 10 950,03 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa 98,01 so‘mga oshib, 11 517,24 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli so‘mga nisbatan biroz mustahqamlandi. Xususan, 1 rubl 0,34 so‘mga qimmatladi va 193,63 so‘mni tashkil etdi.