TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. AQSh va uning elchilari Rossiya bilan hamkorlik qilish niyatidagi kompaniyalarga “o‘ng va chapdan tahdid qilmoqda”. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg Xalqaro Iqtisodiy Forumiga (SPIEF) dunyoning turli burchaklaridan yana ko‘plab ishbilarmonlar kelishni istaydi, biroq ular misli ko‘rilmagan bosimga duch kelgan.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va butun dunyo bo‘ylab Amerika elchilari Rossiya bilan hamkorlik qilish borasidagi kompaniyalarga “o‘ng va chapdan tahdid qilmoqda”, - dedi Peskov “Izvestiya”ga bergan intervyusida.
Peskovga ko‘ra, xorijlik tadrkorlar Rossiya bozoriga qaytish imkoniyatini kutmoqda.
“Ko‘plab yopilgan xorijiy kompaniyalar Rossiya bozoriga qaytish vaqtini kutishlarini ochiq aytishmoqda”, deya ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Peskov Moskvani tark etayotgan kompaniyalar Rossiya hukumati, tegishli vazirlik va idoralar bilan aloqada ekanini qo‘shimcha qildi.
“Bizning bozorimizga qiziqqan ishbilarmonlar biz uchun do‘st hisoblanadi. Ular bizning alohida e’tiborimiz va g‘amxo‘rligimiz obyekti bo‘lib qolaveradi”, dedi Peskov.