TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Bugun Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Yaponiya olimpiya futbol jamoalari uchrashuvida O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
Osiyo qit’asida Yaponiya kuchli raqib hisoblanadi, lekin shunga qaramay O‘zbekiston raqib ustidan ishonchli g‘alaba qozondi.
61-daqiqada Jasur Jaloliddinovning jarima maydonchasidan tashqaridan turib bergan zarbasi murakkab trayektoriya bo‘ylab raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Sharhlovchilar aytishiga ko‘ra ushbu zarba turnirning eng chiroyli goli bo‘lishi mumkin.
88-daqiqada ikkala jamoa ham ancha charchaganda Timur Kapadze shogirdlari stadion markazidan kutilmagan va tezkor hujum uyushtirishdi va Norchayev darvozabon bilan yakkama-yakka chiqdi va ikkinchi gol muallifiga aylandi.
Shunday qilib, O‘zbekiston finalga yetib keldi. Oldinda yagona raqib - Saudiya Arabistoni.
O‘zbekistonlik tomoshabinlar stadionga kiritilmagan bo‘lsada, tashqarida qo‘llab-quvvatlash juda qizg‘in bo‘ldi. Shahar bo‘ylab o‘rnatilgan ekranlar oldida minglab muxlislar to‘planishdi. Bugi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardan ham ko‘rish mumkin.