TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. Bugun Farg‘ona viloyati Yaypan shahridagi "O‘zbekiston" o‘yingohida "Turon" klubining yangi qarorgohining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etishdi.
Marosim avvalida nuroniy otaxonlar ishtirokida qur’on tilovat qilindi. Shunday so‘ng karnay-surnay sadolari ostida yangi qarorgohning rasmiy ochilish marosimi boshlandi va klub prezidenti Olimxon Ahmedovga ramziy kalit topshirildi, - deyilgan xabarda.
Yevropa standartlari asosida barpo etilgan yangi zamonaviy qarorgohda o‘quv va mashg‘ulot zallari, anjumanlar zali, tibbiy sog‘lomlashtirish xonalari, yotoqxona, oshxona, murabbiylar xonasi kabi, yuvinish xonalari, basseynlar mavjud.
Klub qarorgohining umumiy quvvati 65 o‘ringa mo‘ljallangan. Qarorgohning o‘quv va mashg‘ulot zallaridan klub akademiyasida ta’lim olayotgan yosh futbolchilar ham foydalanishlari uchun sharoitlar tashkil etiladi.