Olmaliqdagi kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi

Gap Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan “Ammofos-Maksam” korxonasi haqida bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun – Sputnik. Kecha, 5-iyun kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan kimyo zavodida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash soat 17:55 da Olmaliq shahridagi “Ammofos-Maksam” korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan “Maxam-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining reaxit ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan.
Voqeaga texnologik jarayonning buzilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ushbu sexning bino konstruksiyalari buzilgan. Shuningdek, voqea joyiga yaqin bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan.
“Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro shahar tibbiyot birlashmasida, shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli. Vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi”, deyiladi xabarda.