Dollar ozgina ko‘tarildi - valyutalar kursi

Dollarning rasmiy kursi olti kunlik pasayishdan so‘ng o‘sdi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Dollarning rasmiy kursi 6 kunlik pasayishdan so‘ng, 9,37 so‘mga o‘sib, 10 969,48 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa 57,40 so‘mga arzonladi va 11 419,23 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli ham 0,01 so‘mga pasayib, 193,29 so‘mni tashkil etdi.
MDH davlatlari orasida so‘nggi bir necha oy ichida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish odatiy hola aylanmoqda. Ayniqsa YeOIIga a’zo davlatlar orasida. Rossiya eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida bitim imzolagan.
Shuningdek, Xitoy va YeOII davlatlari orasida ham ana shunday bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Tashqi savdoda ushbu o‘zgarishlar dollarga talabning pasayishiga va asosiy hamkor davlatlar Xitoy va Rossiya milliy valyutasiga talabning oshishiga olib keladi.