TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Abdulaziz Hafizovich Kamilov Prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
"Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdulaziz Hafizovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi", - deyilgan farmonda.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Faysal ibn Farxon ibn Abdulla bilan telefon orqali muloqot qilgandi. O‘shanda Saudiya tomoni Kamilovni O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili deb qayd etgan.