TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Rossiyada taqiqlangan "Tolibon"* harakati vakillari Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumiga (PMEF) yetib kelishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Afg‘oniston delegatsiyasi tarkibida Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari Mohammadunus Xusayin va va Afg‘onistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasi rahbari Jamol Nosir Garval va boshqa shaxslar bor.
RIA Novostiga bergan intervyusida delegatsiya vakillari Rossiyadan bir qator tovarlar xarid qilmoqchi ekanliklarini hamda o‘zaro bojsiz savdo-sotiq o‘rnatish shartlarini muhokama qilmoqchi ekanliklarini ma’lum qilishdi.
"Biz bug‘doy, shisha va yog‘och eksporti bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Shuningdek, Afg‘onistondan quritilgan meva va mevalarni, shuningdek, foydali qazilmalarni eksport qilish uchun Rossiya hukumati bilan bojsiz savdo shartlarini muhokama qilmoqchimiz", - dedi Tolibon* vakili.
Shuningdek delegatsiya rahbari bundan 10-20 kun avval rossiyalik ishbilarmonlar Afg‘onistonga tashrif buyurishgani haqida aytib berdi.
Delegatsiya forum pavilonlarini aylanib chiqdi. Ular rossiyalik hamkorlar bilan bug‘doy yetkazib berish masalasini muhokama qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Rossiya hozircha Tolibon* harakatini Afg‘oniston yangi rasmiy hukumati sifatida tan olishga shoshilayotgani yo‘q. Pu haqida prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov biroz oldin ma’lum qilgan edi. Peskovga ko‘ra, "hozircha ushbu mavzu muhokama qilinayotgani yo‘q".
Sankt-Peterburgda 15-18 iyun kunlari Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda qator davlatlarda nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-iyun kuni forumning yalpi majlisida nutq so‘zlashi kutilmoqda.
*Rossiyada ta’qiqlangan tashkilot