Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida Rossiyaning birinchi elektro yuk avtomobili EVM PRO namoyish etildi.
Mashina Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilgan.
SputnikLive tafsilotlarini "Elektromobili Manufekchuring rus" kompaniyasi bosh direktori Ilya Rashkindan bilib oldi.
▪️ Avtomobil shaharlar ichida tashish, internet do‘konlardan(Ozon, Wildberries va boshqalar) "so‘nggi mil" tovarlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.
▪️ Bir marta “zarad” olganda 300 km yo‘l bosa oladi, bu sutkadavomida quvvatlanmasdan foydalanish uchun yetarli bo‘ladi.
▪️ 1 km yurish narxi 7-8 rubl. Analog mashinalarda 13-15 rubl, elektr Ford Transit’da – 20 rubl.
▪️ EVM PRO deyarli to‘liq Rossiyada ishlab chiqarilgan butlovchi qismlardan iborat. Kompaniya G‘arb ta’minotiga bog‘liq emas.
▪️ Sentabr oyidan seriyali ishlab chiqarish boshlanadi. Yiliga ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
▪ Narxi - 3,5 mln rubl (davlatdan imtiyoz va subsidiyalargacha). Ford Transit (Rossiyani tark etishdan oldin) 8-10 million rublga sotib olsa bo‘lar edi.