Razvedkachilar ishi har doim juda xatarlidir, chunki aynan ular birinchi bo‘lib raqibning yeriga qadam qo‘yishadi. Bu safar razvedkachilar ishi muvaffaqiyatli yakunlandi, dushmanning turgan joyi aniqlandi. Bu yog‘i enli artilleriya va hujumchi otradlarning ishi", - deb izoh qoldirgan Chechensiton rahbari.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.