Peskov Rossiya “Tolibon”ni* yaqin orada tan olishini istisno qildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi hozir Moskva tomonidan “Tolibon”* hukumatini tan olish haqida gap ketmayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Hozirda Rossiyada “Tolibon”ni* tan olish haqida gap ketmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Hozir bu haqda gap ketmayapti, biz buni bir necha marta takrorlaganmiz. Biror bir taxminlarni aytish foydasiz”, - deya javob berdi Kreml vakili yangi Afg‘oniston hukumatini tan olish ehtimoli haqida savolga.
Peskov Afg‘onistondagi vaziyat haqida gapirayotib, u yerda ko‘plab mamlakatlarni toliblar vakillari bilan muloqot qilishga undaydigan gumanitar xususiyatga ega ko‘plab muammolar borligini ta’kidladi.
O‘zbekistonning "Tolibon"* hokimiyatini tan olish shartlari ma’lum qilindi

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.