TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 2022 yildagi eng ko‘p maosh to‘lanadigan mutaxassisliklar ro‘yxati ma’lum qilindi.
"Daryo" nashrining hh.uz ma’lumotlariga tayanib yozishicha, eng ko‘p maoshli mutaxassisliklar axborot texnologiyalari va konsultatsiya sohalari bo‘lib, ularda maksimal darajadagi oylik ish haqi 51 mln so‘mga teng bo‘lgan.
2022 yilda axborot texnologiyalari sohasi vakillari eng ko‘p o‘rtacha ish haqi olgan — 11,7 mln. Mahalliy xodimlar esa 2,7 mln bilan eng kam o‘rtacha ish haqiga ega.
Turli sohalarda o‘rtacha oylik ish haqi:
konsalting — 10,9 mln so‘m;
oliy menejment — 10,7 mln;
tibbiyot, farmatsevtika — 8,6 mln;
qurilish, ko‘chmas mulk — 8,3 mln;
advokatlar — 7,6 mln;
xodimlarni boshqarish, treninglar — 6,9 mln;
banklar, investitsiyalar, lizing — 6,8 mln;
fan, ta’lim — 6,8 mln;
ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi — 6,6 mln;
xaridlar — 6,2 mln;
buxgalteriya hisobi va moliya — 6 mln;
savdo — 5,8 mln;
marketing, reklama, PR — 5,7 mln;
jihozlarni o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish — 5,5 mln;
transport, logistika — 5,4 mln;
san’at, ko‘ngilochar, ommaviy axborot vositalari — 5 mln;
operatsion xodimlar — 5 mln;
sug‘urta — 4,9 mln;
xavfsizlik — 4,8 mln;
yangi ish boshlaganlar va talabalar — 4,8 mln;
avtomobil biznesi — 4,7 mln;
turizm, mehmonxonalar, restoranlar — 4,1 mln;
ma’muriy xodimlar — 4 mln;
sport klublari, go‘zallik salonlari xodimlari — 3,4 mln;
xom ashyo qazib olish — 2,8 mln;
mahalliy xodimlar — 2,7 mln.