Har bir yoshda organizmda suv balansini nazorat qilish zarur. Yosh o‘tgani sayin organizmga suv yetmayotganini juda kam hollarda bilinadi. Tanaga suv yetishmasligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-parhezshunos-endokrinolog Oleg Irishkin Sputnik radiosiga bergan intervyusida bu borada o‘z tavsiyalarini berdi.
“Yosh organizmda suv tanqisligini his qilish oson, biroq yosh o‘tgani buni sezish qiyin. Shuning uchun yoshi kattalar suv balansini qattiq nazorat qilishi kerak”, - deydi shifokor.
Shifokorning aytishicha, tanaga suv yetishmasligi yurak xuruji va insult xavfini oshiradi, chunki suvsizlanishning oqibatlaridan biri qon ivishining kuchayishi hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bo‘lgan odamlar ham organizmining suv balansini qattiq nazorat qilishi kerak.
Shifokor suvsizlanishning belgisi sifatida charchoq, lohaslik va bosh og‘rig‘ini aytib o‘tgan.
Suvsizlanishni turli ichimliklar bilan oldini olish umkmin. Biroq, bunda organizmning o‘zi xos xususiyatlarini nazarda tutish lozim.
Mutaxassisning aytishicha, bunda suv harorati ham alohida ahamiyatga ega. Sovuq suv organizmda uzoqroq, iliq suv esa tezroq so‘riladi.