Ishtixon tumaniga yangi hokim tayinlandi

Fazliddin Ro‘ziyev Ishtixon tumaniga hokim bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Bugun, 15-iyun kuni Fazliddin Kiranovich Ro‘ziyev Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloya hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Fazliddin Ro‘ziyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Mahalliy sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Uzoq vaqt Ishtixon tumani hokimi vazifasida ishlagan Shuhrat Negmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Avvalroq, G‘ofurjon Abdurahmonov Andijon shahriga, Dilshod Shakarboyev esa Qo‘shrabot tumaniga hokim bo‘lgani haqida xabar bergan edik.