O‘zgidromet Farg‘ona vodiysida sel kelish xavfidan ogohlantirdi

15-17 iyun kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. 15—17 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan:
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on ;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
"Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz", — deyiladi xabarda.