TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. “Promobot” kompaniyasining insonga o‘xshash Dunyasha roboti Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PMEF)mehmonlariga qahva va muzqaymoq sotmoqda, deb xabar beradi Sputnik muxbiri.
Dunyasha mijoz buyurtmasi tayyor bo‘lishini kutib turgan paytda uni zerikishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uni suhbatga chorlaydi, iltifot qiladi. Qolaversa, qo‘shiq tinglash yoki ertak aytib berishni taklif qiladi.
Sankt-Peterburgda 15-18 iyun kunlari Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda qator davlatlarda nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-iyun kuni forumning yalpi majlisida nutq so‘zlashi kutilmoqda.