Diyorbek Ermatov og‘ir atletika bo‘yicha JChda 3 ta medalga sazovor bo‘ldi

O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Diyorbek Ermatov ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Meksikaning Leon shahrida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik Diyorbek Ermatov ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
-73 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ermatov dast ko‘tarishda 133 kgni o‘ziga bo‘ysundirib, kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, siltab ko‘tarishda esa 157 kg toshni ko‘tarib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ikki mashq yakuni bo‘yicha umumiy hisobda 290 (133+157) kg natija ko‘rsatgan Diyorbek Ermatov qozog‘istonlik og‘ir atletikachi Yedige Yemberdiga 306 (134+172) kg imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni kanadalik Brayan Ibanez egalladi — 288 (132+156) kg.
Musobaqada dunyoning 40 ga yaqin davlatidan 200 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.