Andijon shahri va Qo‘shrabod tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

G‘ofurjon Abdurahmonov Andijon shahriga, Dilshod Shakarboyev esa Qo‘shrabot tumaniga hokim bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Andijon shahri va Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyalarida deputatlar tomonidan yangi hokim lavozimlariga nomzodlar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Qo‘shrabot tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Himmat Oqbo‘tayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Shakarboyev Dilshod Davronovich nomzodi Qo‘shrabot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Andijon viloyati Andijon shahar hokimi etib Abdurahmonov G‘ofurjon Gulamjanovich tayinlandi.
Tayinlovga qadar u ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruv raisining maslahatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.