Vladimir Putin kuzda Samarqandga keladi

Vladimir Putin kuzda O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Vladimir Putin kuzda O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Bu haqda prezidentning xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qildi. “RIA Novosti” xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbarining kuzga mo‘ljallangan dasturida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan.
“Kuz faslida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgan. Bu bizning Sharqiy forumdan tashqari, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti, keyin 14-oktabrda Nur-Sultonda bo‘lib o‘tadigan MDH davlat rahbarlari kengashi”, - dedi Ushakov.