Dushanba kuni Donesk 2015-yildan beri eng kuchli o‘qqa tutildi. Ukraina tomoni shaharning deyarli barcha tumanlarini o‘qqa tutmoqda, eng ko‘p Proletarskiy, Kuybishevskiy, Petrovskiy va Kiyev tumanlari zarbaga uchramoqda.
Zavod rahbarining “RIA Novosti”ga ma’lum qilishicha, o‘qqa tutilganidan keyin “Kant”da yong‘in boshlandi. Odamlar jabrlanmadi, biroq korxonaning o‘zi jiddiy zarar ko‘rdi: sexning tomi butunlay qulab tushdi, hozirda 80 %gacha uskunalar ishdan chiqdi.