Toshkent viloyatidan poytaxtga kelayotgan yo‘lovchilar uchun yengillik yaratiladi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyatidan poytaxtga kuniga 1 milliondan ziyod yo‘lovchi kirib keladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. “Toshkent - Xo‘jakent”, “Toshkent – Bekobod” va “Toshkent – Angren” yo‘nalishida tezurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilindi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent viloyatidan poytaxtga kuniga 1 milliondan ziyod yo‘lovchi kirib keladi. Davlat rahbari ularni metro bekatlariga yo‘naltirib, ham aholiga, ham transportlarga yengillik yaratish zarurligini ta’kidladi.
“Zamonaviy elektropoyezdlar keltirib, “Toshkent – Xo‘jakent”, “Toshkent – Bekobod” va “Toshkent – Angren” yo‘nalishida tezurar qatnov yo‘lga qo‘yilishi belgilandi”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, Toshkentda jamoat transporti yetib bormagan 26 ta mahallaga avtobus yo‘nalishlari ochilib, metro bilan bog‘lanadi. Buning uchun qo‘shimcha elektrobuslar xarid qilinadi.