TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiyaning “KAMAZ” kompaniyasi O‘zbekistonga avtobus va elektrobuslar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov ma’lum qildi. Tatmedia xabariga asosan.
"O‘zbekistonda “KAMAZ” avtomarkazi, yig‘uv liniyasi ochilgan. Va, albatta, “KAMAZ” kompaniyasida Moskvadagi kabi, u yerda elektrobuslarning 80 % “KAMAZ”da ishlab chiqarilgan, avtobus va elektrobuslar yetkazib berish istagi bor”, - dedi Tatariston rahbari.
Ma’lumki, elektrobuslar yurish masofasi oshirilgan - 80 km, to‘liq elektr isitgich bilan jihozlangan, u atmosferaga zararli moddalarni chiqarmaydi.
Bundan tashqari, Minnixonov Rossiyaning yana bir kompaniyasi – “Tatneft” O‘zbekistonda shina mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanayotgani va yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ishga tushirish ustida ish olib borayotganini ta’kidladi.
Tatariston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga “YelAZ”, TEMPO, KMPO, “KER-Xolding”, “Tatximfarmpreparati”, “Remdizel”, POZiS va boshqalar ham qiziqish bildirmoqda.