Birjada shakar narxi barqarorlashdi

Birjada shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 554,5 ming so‘mdan 10 754,9 ming so‘mgacha pasaygan.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. 10-14 iyunda o‘tkazilgan ochiq birja savdolari natijalariga ko‘ra, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi avvalgi savdo kuniga nisbatan 26,1% ga pasaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, birjada shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 14 554,5 ming so‘mdan 10 754,9 ming so‘mgacha, ya’ni 26,1% ga pasaygan.
10-14 iyun kuni o‘tkazilgan ochiq birja savdolariga jami 6 004 tonna shakar qo‘yilgan bo‘lib, hammasi sotilgan. Bunda, birja savdolari orqali “Xorazm shakar” MChJ tomonidan 3 000 tonna va “Angren shakar” MChJ tomonidan 3 004 tonna shakar sotilgan.
“Shakarni birjada xarid qilishda talab darajasidan kelib chiqqan holda, hududlar o‘rtasida mutanosib taqsimot shakllanmoqda”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shakarga bo‘lgan talabning mavsumiy oshishi sharoitida birja savdolariga chiqariladigan shakar hajmi iyun oyidan boshlab 50 foizgacha oshirilagan edi.