Afg‘onistondagi 6 balli zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi - magnituda 6.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan 12:35da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 35,99 gradus shimoliy kenglik; 71,24 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 100 km. Zilzila episentri Toshkentdan 612 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Surxondaryo viloyatida 2-3 ball, Farg‘ona viloyatida 2 ball, 490 km.