TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,83 so‘mga arzonlab, 10 992,20 so‘mni tashkil qildi. Yevro ham so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 161,99 so‘mga pasayib, 11 500,04 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi esa qimmatladi. Xususan, 1 rubl 2,44 so‘mga oshib, 192,76 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni O‘zbekistonda dollar kusi 11571 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kelib 580 so‘mga kamaygan. Bu so‘nggi uch oyning yaqqol ko‘zga tashlanayotgan trendi.
Ma’lumot uchun, MDH davlatlari orasida so‘nggi bir necha oy ichida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish odatiy hola aylanmoqda. Ayniqsa YeOIIga a’zo davlatlar orasida. Rossiya eng yirik savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan o‘zaro savdoda milliy valyutalarga o‘tish haqida bitim mzolagan. Shuningdek Xitoy va YeOII davlatlari orasida ham ana shunday bitim imzolanishi rejalashtirilmoqda. Tashqi savdoda ushbu o‘zgarishlar dollarga talabning pasayishiga va asosiy hamkor davlatlar Xitoy va Rossiya milliy valyutasiga talabning oshishiga olib keladi.