Chexiyalik iqtisodchi sanksiyalar Rossiyaga foyda keltirishini aytdi

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi yangi ta’minotlar haqida qayg‘urayotgan bir paytda Rossiya yuqori neft narxidan bahramand bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Rossiya G‘arb sanksiyalari tufayli energiya bozoridagi vaziyatdan mamnun bo‘ladi, chunki mamlakat yoqilg‘i narxining oshishi ortidan qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Bu haqda iqtisodchi Ilona Shviglikova “Časopis” argumenti uchun ruknida ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan Moskva tomonidan sotiladigan neftga qo‘yilgan embargo YeIdagi vaziyatga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Neft embargosi — bu YeI uchun jiddiy oqibatlarga olib keladigan manevr. Taxminimcha, bu qiyinchiliklarsiz muqobil bozorlarni topadigan Rossiya Federatsiyasiga qaraganda Yevroittifoq uchun qiyinroq bo‘ladi”, - deb yozadi Shviglikova.
Iqtisodchining qayd etishicha, bu holat YeIni yanada ko‘proq iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keladi.
“Yevropa Ittifoqi yangi ta’minotlar haqida qayg‘urar, uzilishlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsalardan aziyat chekar ekan, Rossiya yuqori neft narxidan bahramand bo‘ladi. Hatto u o‘z neftini biroz chegirma bilan sotishga majbur bo‘lsa ham, narxlar unga nisbatan foydaliroq bo‘ladi. Bunday siyosat Rossiya Federatsiyasini parchalab tashlaydi, deb o‘ylash bema’nilik. Bu holat Yevropa Ittifoqini yanada ko‘proq iqtisodiy qiyinchiliklarga olib keladi”, - dedi Shviglikova.
Rossiyaning Donbassni ozod qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasi boshlanganidan so‘ng G‘arb Moskvaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirdi. Ba’zi mamlakatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida e’lon qildi, ko‘plab brendlar mamlakatni tark etdi. Yevropa Ittifoqi allaqachon oltita sanksiyalar paketini qabul qilgan, xususan, ko‘mir va neft importiga bosqichma-bosqich embargo joriy etishni nazarda tutadi.
Kreml sodir bo‘layotgan voqealarni iqtisodiy urush deb atadi. Vladimir Putin ta’kidlashicha, Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi bo‘lib, sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berdi.