Toshkentda Rossiya kuni qanday nishonlandi – video

O‘zbekiston poytaxtida Rossiya kuni keng nishonlandi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Toshkentdagi “Central Park”da Rossiya kuni nishonlandi. Tadbirga shahar aholisi va mehmonlari tashrif buyurishdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Konsert dasturiga kelgan Flora Sagayeva bayram juda ma’qul bo‘lgani va bundan to‘lqinlanganini so‘zlab berdi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bayram tomoshabinlarning yodida uzoq qolishi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilishgan va ular buning uddasidan chiqishgan. Buni konsertga tashrif buyurganlarning kayfiyatidan bilib olish qiyin emas.
Rossiya kuni har yili 12-iyun kuni nishonlanadi va Rossiya Federatsiyasining davlat bayrami hisoblanadi. Bayram tarixi 1990-yil 12-iyun kuni RSFSR davlat suvereniteni to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinishi bilan boshlanadi.