TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 11-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:55 da zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Qayd etilishicha, episentri Toshkent viloyati, Piskent tumani. Zilzilaning episentrdagi magnitudasi 3,6 ga teng bo‘lgan. Chuqurligi — 15 kilometr.
Mamlakat hududida sezilish kuchi quyidagicha:
Olmaliq shahrida 3 ball;
Piskent tumanida 2 ball.