TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. 2023 yil Osiyo kubogining saralash bosqichidagi navbatdagi o‘yin O‘zbekiston terma jamoasining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
S guruhi 2-turi doirasida Maldiv orollariga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Namangandagi "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tgan o‘yinda Eldor Shomurodov xet-trik namoyish qildi: 2, 51 va 80 daqiqalarda urilgan gollari bilan o‘zining yuqori klassini tasdiqladi.
Joriy mavsumda Rossiyaning "Ufa" jamoasida ijara asosida to‘p surgan va yaqinda "Spartak" safiga qaytgan legioner Oston O‘runov 86-daqiqada to‘rtinchi golga mualliflik qildi.
O‘yin yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi ochkolari sonini 6 taga yetib guruh peshqadamiga aylandi.