TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. 18 iyun kuni Budapeshtda suv sporti bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.Unda O‘zbekiston terma jamoasi sinxron suzish bo‘yicha ishtirok etadi. Ayni damda O‘zbekiston sixron suzish jamoasini rossiyalik mashhur suzuvchi Yelena Azarova tayyorlamoqda.
Sputnik muxbiri sportchilar va murabbiy bilan suhbatda bo‘ldi.
Respublikaning salohiyati katta. Biz ko‘proq mahoratni oshirish va mashg‘ulot jarayonlariga jiddiy e’tibor berishga harakat qilyapmiz. Qizlarda katta kelajakni ko‘rapman, -deydi Yelena Azarova.
Kelajakda ulkan maqsadlar kutilmoqda. “Jamoani boshqa darajaga chiqarish. Finalda ham kurashishimiz uchun. Agar kengroq gapiradigan bo‘lsam - Olimpiadadagi sovrinli o‘rinlar uchun kurashish”, - deydi murabbiy.
Terma jamoa a’zolari Yelena Yuryevnani hurmat qilishadi va uningdek yuksak cho‘qqilarga erishishni orzu qilishadi.
“U bilan ishlash oson. Hammasini to‘g‘ri tushuntiradi. Bizga yoqadi. Bundan tashqari, u Olimpiya chempioni. Unga o‘xshashga harakat qilamiz”, deydi sportchilardan biri.
Rossiyalik murabbiyga O‘zbekiston va bu yerning odamlari ma’qul kelgan.
“Hozircha O‘zbekistonning kam joylarida bo‘ldim, ammo asosiy taassurotlarim - odamlar. Atrofimdagi odamlar shunaqangi ajoyibki”, - deydi Azarova.
Ma’lumot uchun, Yelena Azarova - ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni, yetti karra Yevropa chempioni va ikki karra SSSR chempioni. 2016-yili uning ismi jahon suzish sportining shon-sharaf zaliga kiritilgan.