Toshkent aeroportida o‘quv-mashqlar bo‘lib o‘tdi - video

Toshkent aeroportida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
FVV, “Uzbekistan Airports” va “Toshkent” xalqaro aeroporti tomonidan tashqil qilingan ushbu mashg‘ulotlarda 117 nafar odam, 13 ta xizmat ko‘rsatish sohalari va 47 ta texnika ishtirok etdi.
Ssenariyga ko‘ra, samolyot qo‘nish vaqtida shassisi ishdan chiqdi va yong‘in boshlandi. O‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan yong‘inni bartaraf etishga kirishishdi. Barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari qutqarildi.
Maqsad- aerodromda favqulodda vaziyatlarni kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik va bartaraf etishga tayyorgarlikni oshirish.
Bunday mashg‘ulotlar Toshkent aeroportida muntazam o‘tkazib kelinadi