Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Popasnaya shahrini o‘qqa tutish oqibatlari - video

Popasnaya (LXR)dagi harbiy harakatlarning oqibatlari: millatchilar yashiringan ko‘p qavatli uylar va litsey vayron qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Lugansk Xalq Respublikasi hududida joylashgan Popasnaya shahrida yaqinda janglar bo‘lib o‘tdi va shahar Ukraina qurolli kuchlaridan tozalandi.
Ular shahardan siqib chiqarilganidan so‘ng ham shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda. Bunda ular jumladan AQSh tomonidan taqdim etilgan M777 gaubitsalardan foydalanmoqda.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.