Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi

O‘rmon malikasi navli nok ko‘chatlari 1900-yillarda Rossiyadan olib kelingan.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar qildi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari Samarqand tumanidagi Gulbog‘ mahallasida joylashgan bog‘ni ko‘zdan kechirishdi.
O‘rganishlar natijasida 110 tup o‘rmon malikasi navli nok daraxtlariga maqom berish bo‘yicha xulosa qilindi.
Samarqandda 100 yoshli nok daraxtlariga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi berildi
Aytilishicha, 1900-yillarda Samarqand tumanidagi Gulbog‘ mahallasining 5 gektarli yer maydoniga Rossiyadan o‘rmon malikasi navli nok ko‘chatlari keltirib ekilgan.
Hozirda ushbu bog‘ning 2 gektar yer maydonida 110 tup 100 yosh va undan katta bo‘lgan nok daraxtlari saqlab qolingan. Qolgan 3 gektar yer maydonga qaytadan shu turdagi 1200 tup nok ko‘chatlari ekilgan.