Bu qiziq

Olimlar yoz mavsumidagi eng xavfli meva-sabzavotlarni ma’lum qilishdi

Xulosalarga ko‘ra, 13 turdagi meva-sabzavotlarda eng ko‘p kimoviy moddalar va pestitsidlar aniqlangan
Sputnik
Ekologik ishchi guruhi (EWG) eng zararli meva –savbzavotlarni ma’lum qilishdi.
EWG mutaxassislari bu borada tadqiqot olib borishgan va unga ko‘ra, 13 turdagi meva va sabzavotlarda eng ko‘p pestitsidlar va boshqa kimoviy moddalar aniqlangan.
Qulupnay bu borada ekspertlar tomonidan eng zararli deya topilgan. Meva tarkibida 20 turdagi har xil kimoviy qo‘shimchalar aniqlangan.
Shuningdek bu ro‘yxatga, ismaloq, o‘rik, olma, shaftoli, nok, gilos, uzum, selderey, pomidor, shirin bulg‘or qalampiri vsa kartoshka kiritilgan.
EWG mutaxassislari eng ifloslangan mahsulotlarni ham keltirib o‘tishgan. Unga ko‘ra, makkajo‘xori, avokado, ananas, karam, piyoz, no‘xat, papayya, sparja, mango, baqlajon, qovun, kivi, gulkaram va greypfrut eng ifloslangan mashulotlar.
Ta’kidlanishicha, birinchi ro‘yxatdagi mahsulotlarda zararli moddalarning tarkibi sanitariya meyorlaridan oshmagan, shuning uchun qulupnay va olmadan butunlay voz kechish kerak emas. Biroq, mutaxassislar ikkinchi guruhdagi meva– sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etgan.