“Yo‘q qilishga ulgurishmagan”: “Azovstal” bunkerlarida nimalar topildi?

“Azovstal” garnizoni 3 hafta avvalroq qurollarini tashlagan edi. Biroq Rossiya va DXR harbiylari zavod hududlarida hamon tozalash ishlarini olib borishmoqda.
Sputnik
Maydoni 12 gektar bo‘lgan sanoat kompleksini tekshirib chiqish- oson vazifa emas. Ba’zan xavfli topilmalar ham chiqib qolishi mumkin. Ukraina mudofaa tizimi qanday tashkillashtirilgan edi? Batafsil RIA Novosti reportajida.

Deyarli butunlay vayron bo‘lgan

Jurnalistlar uchun “Azovstal”ga kirish sharqdan - chap qirg‘oq tomondan mumkin. Kirish eshigi yonida eski T-55 sovet tanki gapirmas qo‘riqchidek qotib qolgan. Uch hafta oldin u o‘qdan qattiq shikastlangan poydevorni zo‘rg‘a ushlab turgan. Uning beton blokdan to‘liq qulab tushmasligi uchun DXR harbiylari qutqaruv mashinasini haydab, raritetni o‘z blokpostlariga sudrab kelishgan. Endi ushbu jangovar mashinasining soyasida harbiylar iyun oyining jazirama quyoshidan yashirinishadi.
Siniqlar va beton parchalari bilan qoplangan yo‘l Azovstal garnizoni o‘z qurollarini topshirib, avtobuslarga ortilgan va asirga tushgan ko‘prik tomon olib boradi. Bu yerdan kombinatning faqat kichik qismi ko‘rinadi. Ammo shunga qaramay, aniqki: ulkan zavod majmuasi metall, yonib ketgan binolar, vayron bo‘lgan jihozlar oyoq ostida o‘ralashgan qoldiqqa aylangan.
Zavod deyarli butunlay vayron bo‘lgan. Hozirgi holatining suratlari korxonaning hatto 1943-yil sentabr oyida, ortga chekinayotgan nemislar barcha asosiy ishlab chiqarish obyektlarini portlatib yuborganidanda achinarliroq. Nazariy jihatdan, hamma narsani qayta qurish mumkin. Ammo birinchi navbatda juda katta maydonni minalardan va xarobalardan tozalash kerak.

Qal’a zavod

Aslida “Azovstal” shahar ichidagi shahar. Ittifoq davrida bu yerda 41 ta sex va 80 ta yirik inshootlar qurilgan. Oshxonalarning o‘zi yigirmatacha. Qancha bunker va yerosti texnologik joylari borligini esa hatto mahalliy urush faxriylari ham bilishmaydi.
“Azov” polki va Ukraina Qurolli Kuchlari 36-alohida dengiz piyoda brigadasi Azovstalni bejizga mudofaa uchun tanlamagan. Metall va beton labirintlarda snayperlar, granatachilar va pulemotchilar uchun minglab mumkin bo‘lgan pozitsiyalar qilish mumkin. Qalin devorlarlar esa o‘q va tank snaradlaridan ishonchli himoya qila oladi. Tarmoqlangan yerosti kommunikatsiyalari bo‘linmalarni bir joydan ikkinchi joyga tez o‘tkazish imkonini beradi. Keng darvozalar orqali esa havo hujumlaridan yashirinib, harbiy texnikani haydash oson.
"Bu qal’aga frontal hujum qanday oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olasizmi?! - degan ritorik savol bilan yuzlanadi jurnalistlarga hamrohlik qilayotgan DXR Ichki ishlar vazirligi xodimi Andrey. – Azovchilar joyni juda yaxshi bilgan. Maxsus operatsiya boshlanmasidan oldin bir necha marotaba kelgan va ko‘rib chiqishgan. Ularning bunkerlarida zavodning batafsil xaritalarini topdik. Unda mudofaa chiziqlari belgilangan edi. Xullas, ular jang qilishga jiddiy tayyorlanayotgan bo‘lgan”.
“Azovstal” zavodida taslim bo‘lgan ukrainalik jangarilar soni 1,7 mingdan oshdi – video

Og‘ir dalillar

Frontal hujum o‘rniga Azovstalni qurshab olishgan, katta kalibrli “Tulpan” minomotlari va “Solnsepek” o‘t o‘chirish tizimlari tortib chiqishgan. Havoga og‘ir beton teshuvchi bombali samolyotlarni ko‘tarishgan va metallurgiya zavodini uslubiy ravishda yer bilan tekislashni boshlashgan.
Ba’zi sexlar butunlay vayron bo‘lgan. Yo‘lning chap va o‘ng tomonida diametri o‘n metr va chuqurligi to‘rt metr bo‘lgan bombalardan hosil bo‘lgan chuqurlar bor. Markazga yaqinroq ochiq maydonda - Ukraina Qurolli Kuchlarining vayron bo‘lgan texnikasi, “Butsefal” zirhli bronetransporterlari. “Bogdan” zirhli mashinasini esa qandaydir noma’lum kuch g‘ildiraklaridan xuddi o‘yinchoqni o‘ynatgandek tomga burib yuborgan.
“Ular aynan shu yerdan qarshi javob berishdi”, - deb tushuntiradi hamrohimiz. -Mariupolning g‘arbiy tumanlarini artilleriyadan o‘qqa tutishdi. Va biz javob berishimiz bilanoq, ular texnikalarini binolarga haydab olib kirishdi. Biroq, Rossiya FAB-3000 aviabombalaridan foydalanganda, ular hech qanday zarba bera olmay qolishdi.
Omon qolgan binolar ichida – esa umumiy tartibsizlik. Koks shlaklarini qayta ishlash sexida ishlab chiqarish uskunasi singan, yong‘in izlari qolgan. Devorda, xuddi masxara qilgandek, “Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling” belgisi omon qolgan. IES binosining bir qancha devorlari yo‘q, generator xonasi vayron bo‘lgan. Temir yo‘lni mahkamlash sexida hamma narsa og‘ir bronetexnikalarning izlari bilan ezilgan.
Allanimalar ham saqlanib qolgan. Plitalar ustaxonasida tayyor mahsulotlarning to‘plamlari shiftgacha ko‘tarilgan - bular slyablar deb ataladigan, po‘lat plitalar uchun to‘rtburchaklar kesimning qalin po‘lat blankalari. Ularning narxi arzon emas. Zavod minalardan tozalanishi bilanoq slyablarni olib ketishadi va undan foydalanishadi. Po‘lat urushdan vayron bo‘lgan Mariupolni tiklash uchun juda muhim.

Hech nimani qoldirmaymiz

DXR ofitserining so‘zlab berishicha: garnizon sovet davridan qolgan yerosti boshpanalarida chiqmasdan o‘tirgan. Ulardan o‘ntalab topiladi. Bunkerlardan biriga kirishning yarmi to‘silgan. Ehtiyotkorlik bilan singan beton bo‘laklari ustida yuramiz va pastga tushamiz. Quygan narsaning o‘tkir hidi dimoqqa uriladi. Chiroq yorug‘ida – armiyada foydaalaniladigan temir to‘rli krovatlarning yonib ketgan qobirg‘alari, yonib ketgan forma va bir nechta o‘ralgan temir bo‘laklari. Hamrohimizning aytishicha, UQK askarlari taslim bo‘lishdan oldin bu yerda xizmat ko‘rsatadigan qurol va o‘q-dorilarning ko‘p qismini o‘g‘irlab ketishgan. Va yoqib yuborishgan.
“O‘zlariga ham, boshqalarga ham qoldirishmagan”, - deb hazil qiladi hamrohimiz. – Taslim bo‘lishdan oldin deyarli hamma narsani yo‘q qilishgan, vayron qilishgan. Qurollarni yaroqsiz holga keltirishgan, teplovizorlar, tungi va kollimator mo‘ljallagichlarni sindirishgan, bronjiletlardagi tasmalar kesishgan, dubulg‘alarga o‘q uzishgan, noutbuklarga kislota quyishgan, uyali telefonlar bereslar bilan maydalashgan. Biz ko‘p narsa olib ketmadik. Masalan, haqiqiy muzey rariteti - Ulug‘ Vatan urushi davridagi Degtarev diskli avtomati saqlanib qolgan. Boshqa bir bunkerdan esa men o‘zimga yaxshi bir gitara topib oldim.
Qo‘shni yashirinish joyini yo yoqib yuborishga ulgurishmagan, yoki kerak emas deb o‘ylashgan. Qalin zirhli eshiklar hatto kuchli minaning yaqindan portlashiga ham bardosh bera oladi. Ularning orqasida bir nechta keng xonalar bor. Yashil rangga bo‘yalgan devorlarda fuqarolik mudofaasi bo‘yicha ko‘rsatmalar yozilgan stendlar osilgan. Yerda tashlab ketilgan bushlat, kitel va shimlar ko‘p. Asosan armiya kiyimlari, ammo yangi “Metinvest” kurtkalari ham bor. Qamaldan chiqib ketish umidida UQK jangchilari maxsus kiyimlarini tashlab, Azovstal ishchilarining kiyimini qiyishgan. Ammo bir nechtasigina tinch aholi safiga qochishga muvaffaq bo‘lgan.
Jurnalistlarga esa yerda yotgan kiyimlarni bosmaslikka qattiq ogohlantirishadi. Chunki cho‘ntaklarda haligacha xavfli, portlovchi “surprizlar” bo‘lishi mumkin. Chindan ham harbiy komlektning bir qismini yo‘q qilishga ulgurishmagan. Xonalardan birida granatalar, patron sinklari, RPG-7 dan “sabzi” o‘qlari va yuklangan pulemot kamari solingan bir nechta quti bor. Va arsenalning yonida esa Fadeyevning “Yosh gvardiya” kitobi joy olgan.

Bunkerda ikra bilan

Bu bunkerning holiga qarab, yomon yashashmaganlarini bilib olasiz. Generator, sanuzel, dush. Omborxonalarning biri gazlangan mineral suvning ochilmagan paketlari bilan to‘ldirilgan. Eng oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yana bir oyga yetarli zaxira bo‘ladi. Oziq-ovqat bilan muammolar bo‘lmagan: bo‘tqa, konserva, “qo‘lda o‘ralgan papiros”, quruq payoklar.
“Taslim bo‘lganlarni tekshirganlar qatorida men ham qatnashganman, - deydi hamrohimiz. – Bir harbiydan bir banka qizil ikra topdim. Ikra qanday qilib chirib ketmagani esa aqlga sig‘maydi. Yana biri ikki qo‘lida katta pishloqlarni ko‘tarib yurgan edi. Yana bittasining rukzakidan to‘rtta qadoqdagi qimmatbaho fransuz pashtetini topib oldik. Lekin, albatta, hammasida ham bunday yeguliklar bo‘lmagan. Qayerdadir ular ziyofat qilishgan, yana qayerdadir esa boshqalar kuniga 150 grammdan bo‘tqa yeyishgan. “Azov” o‘zi uchun noz-ne’matlarni tortib olib, boshqa hech kimga bermagan. Ko‘p boshpanalar o‘rtasida esa aloqa bo‘lmagan. Faqat kechasi bir nechtadan ko‘chaga chiqishgan”
RT muxbiri “Azovstaldagi” jangarilarning “dam olish” joyini ko‘rsatdi – foto, video
Va shunga qaramay, tinimsiz qulayotgan bombalarning shovqini, shiftdan parchalanib ketgan shtukaturka, atrofdagi zulmat va qo‘shimcha kuchlarning yetishmasligi garnizonni psixologik jihatdan vayron qilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yarim mingga yaqin jangchi taslim bo‘lgan. Azovstal uchun jang tugagan. Biroq, harbiylar kichik qurolli guruhlar hali ham 12 gektar maydonda yashiringan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.